IshlamoqdaO'quv markazlari uchun platforma

Boshliq, o'qituvchi va ota-ona — bitta ekotizimda

Davomat, to'lov, qarzdorlik va o'qituvchi oyligi bir-biriga bog'langan holda hisoblanadi. Siz markazda bo'lmasangiz ham, telefoningizdan hammasini ko'rib turasiz.

Imkoniyatlarni ko'rish

10+

o'quv markazi

2 000+

o'quvchi tizimda

To'lov qabul qilindi

QR chek tayyor

Bugungi tushum

namuna

12 840 000 UZS

+18.4% o'tgan haftaga nisbatan

Yangi to'lov

Ingliz tili — B2

+450 000

Davomat belgilandi

12-guruh, bugun

Oylik yangilandi

Dilnoza Rahimova — foizli

Ko'chirish bepul

Excel yoki daftardagi ro'yxatni guruh bo'yicha o'zimiz kiritamiz.

Kunlik zaxira

Baza har kuni avtomatik zaxiralanadi, har amal Audit Log'da.

Ma'lumot sizniki

Obuna tugasa ham o'chmaydi — faqat ko'rish rejimiga o'tadi.

Telegram orqali yordam

Savolga to'g'ridan-to'g'ri jamoamiz javob beradi, birinchi hafta yoningizdamiz.

Ekotizim

Bitta markaz — bitta bog'langan tizim

WENET har bir ishtirokchini bir-biriga real vaqtda bog'laydi: o'qituvchi davomat belgilaydi, ota-ona Telegramda darhol ko'radi, boshliq hisobotda kuzatadi. Hech kim alohida ishlamaydi.

Boshliq

Barcha filiallar, moliya va hisobotlarni bitta joydan boshqaradi.

Resepshin

To'lov qabul qiladi, yangi o'quvchi va lidlarni ro'yxatga oladi.

O'qituvchi

Davomat, baho va kurs dasturini real vaqtda yuritadi.

Ota-ona

Telegram botda farzandining davomati, bahosi va qarzini ko'radi.

O'quvchi

QR karta orqali darsga kirganda davomat avtomatik belgilanadi.

Tekshiruv

To'lov cheki va sertifikat QR kod orqali ochiq tekshiriladi.

Lidlar

Saytdagi so'rovnomalardan yangi mijozlar avtomatik tushadi.

O'qituvchi davomat belgilaydi
Ota-ona Telegramda darhol ko'radi
Boshliq hisobotda kuzatadi

Tanish holatmi?

Ko'pchilik markazlar Excel, daftar va Telegram guruhlarida ishlaydi. Muammo dasturda emas — ma'lumotlar bir-biriga bog'lanmagan.

Kim qarzdorligini bilish uchun bir nechta faylni titkilaysiz

Qarzdorlik to'lov va davomatdan avtomatik hisoblanadi

Oy oxirida o'qituvchi oyligini qo'lda hisoblaysiz

Oylik davomat va to'lovga qarab jonli yangilanadi

Markazda bo'lmasangiz, nima bo'layotganini bilmaysiz

Tushum va davomatni telefondan real vaqtda ko'rasiz

Faylni kim o'zgartirgani noma'lum

Har amal kim, qachon qilgani bilan saqlanadi

Kundalik ish uchun kerakli bo'limlar

Har bir modul boshqasi bilan bog'langan: davomat belgilansa — qarzdorlik va oylik o'zi yangilanadi.

Real vaqtli Dashboard

Tushum, qarzdorlik va davomat — jonli, socket orqali avtomatik yangilanadi.

Tezkor davomat

O'qituvchi bir necha soniyada davomat belgilaydi — real vaqtda kuzatiladi va hisobotga avtomatik tushadi.

To'lov va qarzdorlik

Qisman to'lov, refund va qarzdorlik avtomatik hisoblanadi — chek QR orqali tekshiriladi.

Ish haqi avtomatik hisob

Foiz, avans va oldindan olingan pul — barchasi davomat va to'lovga bog'liq holda jonli hisoblanadi.

Ko'p filial boshqaruvi

Bitta hisobdan bir nechta filialni boshqaring, har biri o'z jamoasi bilan alohida ishlaydi.

Ruxsatlar va Audit Log

Har bir amal kim, qachon bajarganini saqlaydi. Hodimga faqat kerakli bo'limlar ko'rinadi.

Qanday boshlanadi

Sotib olishdan oldin markazingiz misolida ko'rsatamiz. Ko'chirish va sozlashda o'zimiz yordam beramiz.

  1. 01Biz

    Demo

    Qo'ng'iroq qilib, markazingiz misolida tizimni jonli ko'rsatamiz (taxminan 20 daqiqa).

  2. 02Siz + biz

    Ro'yxatni ko'chirish

    Guruhlar bo'yicha o'quvchilar ro'yxatini berasiz, biz tizimga kiritamiz.

  3. 03Siz

    Jamoaga rol berish

    O'qituvchi, menejer va resepshinga kirish beriladi — har biri faqat o'z bo'limini ko'radi.

  4. 04Jamoa

    Kundalik ish

    Davomat, to'lov va oylik tizimda yuritiladi. Birinchi hafta savollarga Telegramda javob beramiz.

Har bir rol uchun o'z paneli

Markaz egasi, menejer, resepshin va o'qituvchi — har biri faqat o'ziga kerakli bo'limlarni ko'radi.

Markaz egasi

Barcha filiallar, moliya va hodimlar bir joyda.

  • Tushum, xarajat va qarzdorlik
  • Filiallar kesimida hisobot
  • Audit Log va ruxsatlar

Menejer / Resepshin

O'quvchi, to'lov va guruhlarni kunlik yuritish.

  • To'lov qabul qilish va QR chek
  • O'quvchi qo'shish va ko'chirish
  • Xona va guruh jadvali

O'qituvchi

O'z guruhlari doirasida ishlaydi.

  • Telefondan davomat
  • Baholar va kurs dasturi
  • O'z oyligini jonli ko'rish

Ota-onalar uchun — Telegram'da

Markaz o'quvchini tizimga kiritadi, ota-ona esa davomat, baho va to'lovni telefonida ko'radi. Qo'ng'iroq va so'roqlar kamayadi.

  • Davomat va baholar har darsdan keyin
  • To'lov va qarzdorlik oylar kesimida
  • Bir nechta farzand va markaz bitta botda
W

WENET

@wenetuzbot

Bugun09:45

Aziza · Matematika

09:00 · MatematikaKeldi
Baho9 / 10
Jami qarz0 so'm

Panelni jonli ko'ring

Pastdagi bo'limlarni bosing — real ilova qanday ishlashini shu yerning o'zida his qiling.

Bu oygi tushum

27 495 202 UZS

+18.4%

Yangi to'lov

Ingliz tili — B2

+450 000

Davomat belgilandi

12-guruh, bugun

Dasturdan jonli namunalar

O'quvchini o'qishga qiziqtiradigan tizim

WENET faqat hisob-kitob emas. U o'quvchini har kuni o'qishga undaydi, ota-onani jarayonga qo'shadi va markazga natijani raqamlarda ko'rsatadi. Quyidagi kartalar — ilovadagi haqiqiy ekranlarning aynan nusxasi.

01Ota-ona

Ota-ona hamma narsani birinchi bo'lib biladi

Ota-ona hech qanday ilova o'rnatmaydi va parol eslab qolmaydi. Telegram'dagi botda telefon raqamini ulashadi — tizim shu raqam bo'yicha farzandini o'zi topadi. Shundan keyin har bir dars, baho va to'lov haqida xabar avtomatik keladi.

  • 1

    Dars tugagach — qisqa hisobot

    Dars tugaganidan bir necha daqiqa o'tib ota-onaga xabar boradi: sana, qo'yilgan baho va keyingi dars vaqti. Farzand guruhda o'rnini ko'targan bo'lsa, «Guruhdagi o'rin: 5 → 3 ⬆» qatori ham qo'shiladi.

  • 2

    Davomat — dars paytidayoq

    O'qituvchi davomatni belgilashi bilan «Keldi», «Kelmadi» yoki «Kechikdi» xabari ketadi. Farzand darsga bormagan bo'lsa, ota-ona buni kechqurun emas, dars vaqtidayoq biladi.

  • 3

    To'lov va qarz — shaffof

    Har to'lovdan keyin QR kodli elektron chek keladi, uning haqiqiyligini websaytda tekshirish mumkin. Qarz paydo bo'lsa, qaysi oy uchun va qancha ekani aniq yoziladi.

  • 4

    Bir nechta farzand, bir nechta markaz

    Bitta raqamga bog'langan barcha farzandlar bitta ilovada. Farzand ikki xil markazda o'qisa ham — hammasi bir joyda, har markaz o'z ma'lumoti bilan.

Ota-ona uchun bepul. Qaysi xabarlar yuborilishini markaz o'zi sozlaydi — masalan, baholarni yashirish mumkin.
W

WENET

@wenetuzbot · bot

Davomat — Azizbek Karimov

Ingliz tili · IELTS 6.5

Keldi ✅

14:07

Dars tugadi — Azizbek Karimov

Ingliz tili · IELTS 6.5

Sana: 24.09.2026

Baho: 9

Guruhdagi o'rin: 5 → 3 ⬆ (18 tadan)

Keyingi dars: 26.09.2026, 14:00

15:35

🏆 Yangi yutuqlar

Sentabr oyi uchun:

Mukammal davomat · A'lochi · Eng ko'p o'sgan

10:00

Dasturni ochish
02O'quvchi reytingi

Har bir guruhda adolatli oylik reyting

O'quvchi o'z guruhida nechanchi o'rinda ekanini ko'radi. Reyting o'qituvchi qo'ygan baholar va davomatdan avtomatik hisoblanadi — uni hech kim qo'lda o'zgartira olmaydi.

  • 1

    Baholar soni ham hisobga olinadi

    Reyting oddiy o'rtacha emas. 2 ta «10» olgan o'quvchi 25 ta baho bilan 9.5 o'rtachaga ega o'quvchidan oldinga o'tib ketmaydi — kam bahosi bor o'quvchining natijasi o'rtaga tortiladi (IMDb reytingidagi usul).

  • 2

    Teng bo'lsa — davomat hal qiladi

    Baho ko'rsatkichi teng bo'lgan o'quvchilar davomat foizi bo'yicha ajratiladi. U ham teng bo'lsa, ikkalasi bir xil o'rinni egallaydi.

  • 3

    Har oy — yangi imkoniyat

    Reyting har oyning 1-sanasida noldan boshlanadi. Yangi kelgan o'quvchi ham, o'tgan oy orqada qolgan o'quvchi ham shu oy birinchi bo'la oladi.

  • 4

    Top-3 uchun medal

    1, 2 va 3-o'rin oltin, kumush va bronza medal bilan belgilanadi. Qolganlarga «Medalgacha 2 pog'ona» kabi aniq maqsad ko'rsatiladi.

Reyting o'qituvchi panelida ham, ota-ona va o'quvchi ilovasida ham bitta formula bilan hisoblanadi — raqamlar hamma joyda bir xil.
1

Oltin medal

18 tadan 1-o'rin

Sentabr reytingi

9.6

O'rtacha baho

100%

Davomat

O'quvchilar

IELTS 6.5 · Sentabr

O'rtacha bahoDavomat
1Madina Yusupova
9.6100%
2Sardor Aliyev
9.392%
3Azizbek Karimov
9.196%
4Kamola Rashidova
8.8100%
5Jasur To'rayev
8.488%
03Raqobat

Sog'lom raqobat: yutuqlar va seriyalar

Faqat birinchi o'rin emas — har bir o'quvchi o'z yutug'iga erisha oladi. Oy davomida 7 xil yutuq nishoni uchun kurashadi va progressini ilovada jonli kuzatadi.

  • 1

    7 ta yutuq nishoni

    Mukammal davomat, A'lochi, Mukammal, Olovli seriya, 10 lar seriyasi, Guruh chempioni va Eng ko'p o'sgan. Har birining sharti aniq: masalan, «Olovli seriya» — ketma-ket 10 ta darsga kelish.

  • 2

    Progress jonli ko'rinadi

    Ilovadagi «Shu oy progressi» bo'limida A'lochi uchun 3/4 baho, seriya uchun 7/10 dars kabi holat ko'rinadi. Shart buzilsa, sababi ham yoziladi — «8 dan past baho bor».

  • 3

    Solishtirish emas — motivatsiya

    Ota-ona va o'quvchi faqat o'z o'rnini ko'radi: boshqa bolalarning ismi va baholari ko'rsatilmaydi. Raqobat bor, lekin hech kim uyaltirilmaydi.

  • 4

    Oy yakunida — tantanali xabar

    Har oyning 1-sanasida yutuqlar avtomatik beriladi va Telegram'ga «Yangi yutuqlar» xabari keladi. Nishonlar to'planib boradi — «×3» belgisi uch marta olinganini bildiradi.

Yutuqlar tizimi tarifga qarab yoqiladi. Markaz baholarni yashirsa, bahoga bog'liq nishonlar ko'rsatilmaydi.

Olingan yutuqlar

×3Mukammal davomat
×2A'lochi
Mukammal
Olovli seriya
10 lar seriyasi
Guruh chempioni
Eng ko'p o'sgan

Shu oy progressi

Olovli seriya7/10
A'lochi3/4
Mukammal davomat6/6

Shart bajarilmoqda

Mukammal2/3

8 dan past baho bor

04O'quvchilar o'sishi

O'sish — gap bilan emas, raqam bilan

Eng kuchli o'quvchi emas, eng ko'p rivojlangan o'quvchi ham e'tirof etiladi. WENET har oy o'rtacha bahoni o'tgan oy bilan solishtiradi va o'sishni aniq ko'rsatadi.

  • 1

    Oyma-oy dinamika

    Har oy uchun o'rtacha baho va davomat foizi alohida hisoblanadi. Ota-ona «yaxshi o'qiyapti» degan umumiy gapni emas, «7.2 → 8.4» kabi aniq o'zgarishni ko'radi.

  • 2

    «Eng ko'p o'sgan» nishoni

    O'rtacha bahosi guruhda eng ko'p ko'tarilgan o'quvchi oy yakunida alohida nishon oladi. Adolatli bo'lishi uchun ikki oyda ham kamida 4 tadan baho talab qilinadi.

  • 3

    O'qituvchi uchun erta signal

    Guruhdagi oylik davomat va baholar jadvali orqali o'qituvchi kim orqada qolayotganini erta ko'radi va vaqtida yordam beradi.

  • 4

    Markaz uchun natija

    Farzandining o'sishini ko'rgan ota-ona o'qishni davom ettiradi. Shaffof natija — o'quvchini markazda uzoqroq ushlab qolishning eng ishonchli yo'li.

O'sish faqat haqiqiy baholardan hisoblanadi — taxminiy yoki qo'lda kiritilgan ko'rsatkich yo'q.

O'rtacha baho

Oxirgi 6 oy

8.4

+1.2 o'tgan oyga nisbatan

6810
AprMayIyunIyulAvgSen

Davomat

91% → 96%

Eng ko'p o'sgan

7.2 → 8.4 · Guruhda eng katta o'sish

Ismlar va raqamlar — namuna uchun.

Demo oldidan beriladigan savollar

Markaz egalari eng ko'p so'raydigan savollar. Qolganlari savollar sahifasida.

Qimmat emasmi?

Bir oyda unutilgan bitta o'quvchi qarzi ko'pincha obuna narxidan ko'p bo'ladi. Bunga oy oxirida oylik hisoblashga ketadigan 2-3 kunni ham qo'shing. Aniq narxni Narxlar sahifasida ko'rishingiz mumkin.

Eski ma'lumotni kim ko'chiradi?

Biz. Siz guruhlar bo'yicha o'quvchilar ro'yxatini (ism, telefon, narx) berasiz. To'lov tarixini ataylab ko'chirmaymiz — eski faylda qaysi raqam to'lov, qaysi biri qarz ekanini aniq ajratib bo'lmaydi va noto'g'ri moliyaviy yozuv tizimda abadiy qoladi. Buning o'rniga har o'quvchi uchun bitta boshlang'ich qoldiq kiritiladi.

Hodimlarim o'rgana olmaydi, deb qo'rqaman

O'qituvchi amalda ikkita narsani ko'radi: davomat va o'z oyligi. Resepshin interfeysi ham ataylab soddalashtirilgan. Bundan tashqari tizim ichida video darsliklar bor va birinchi hafta biz o'zimiz yordam beramiz.

Obunani to'lay olmasam ma'lumotim o'chadimi?

Yo'q. Obuna tugasa markaz faqat ko'rish rejimiga o'tadi: hamma narsani ko'rasiz, lekin yangi yozuv qo'sha olmaysiz. To'lovdan keyin hammasi joyida qoladi.

Sertifikat va chekni tekshirish

QR kodni skanerlang yoki kodni qo'lda kiriting — hujjat asl ekanini bir zumda tasdiqlang.

Sertifikat tekshiruvi

Bitiruv sertifikatidagi QR kod yoki kodni kiriting.

To'lov cheki tekshiruvi

Chekdagi QR kod yoki to'lov ID'sini kiriting.

Markazingiz misolida ko'rib chiqing

Raqamingizni qoldiring — 24 soat ichida bog'lanamiz va tizimni sizning guruhlaringiz misolida ko'rsatamiz.

  • Demo bepul va majburiyatsiz
  • Ro'yxatni ko'chirishni o'zimiz qilamiz
  • Obuna tugasa ham ma'lumot o'chmaydi