Excel bilan yuritish va WENET
Excel — yomon dastur emas. Faqat u o'quv markazi uchun yaratilmagan: davomat, to'lov va o'qituvchi oyligi bir-biriga bog'lanmaydi. Quyida farq aynan nimada ekani ko'rsatilgan.
Bugungi davomat
Excel / daftar
O'qituvchi daftarga yozadi, kechqurun kimdir Excelga ko'chiradi
WENET
O'qituvchi telefonidan belgilaydi, egasi shu zahoti ko'radi
O'qituvchi oyligi
Excel / daftar
Oy oxirida qo'lda hisoblanadi, 2-3 kun ketadi
WENET
Davomat va to'lovdan avtomatik, o'qituvchi jonli kuzatadi
Kim qarzdor
Excel / daftar
Qidirib topiladi, ba'zisi unutiladi
WENET
Avtomatik hisoblanadi, dashboardda doim ko'rinadi
Ma'lumot yangilanishi
Excel / daftar
Fayl kimdadir ochiq bo'lsa, ikkinchisi kuta oladi
WENET
Bir necha kishi bir vaqtda ishlaydi, ekran o'zi yangilanadi
Telefondan ishlash
Excel / daftar
Katta jadval telefonda deyarli o'qilmaydi
WENET
Har rol uchun telefonga moslangan alohida panel
Kim nimani ko'radi
Excel / daftar
Fayl ochilsa hamma narsa ko'rinadi
WENET
Rolga qarab ruxsat — resepshin oylikni ko'rmaydi
Kim o'zgartirdi
Excel / daftar
Bilib bo'lmaydi
WENET
Har amal Audit Log'da: kim, qachon, nimani
Fayl yo'qolsa
Excel / daftar
Nusxa bo'lmasa — tugadi
WENET
Kunlik avtomatik zaxira
To'lov cheki
Excel / daftar
Qo'lda yoziladi yoki umuman berilmaydi
WENET
QR kodli chek, ota-ona o'zi tekshira oladi
Oylik hisobot
Excel / daftar
Bir necha fayldan qo'lda yig'iladi
WENET
Tayyor: tushum, xarajat, qarzdorlik, o'qituvchi kesimida
Excel faylingiz o'zingizda qolaveradi
Biz hech narsani o'chirmaymiz. O'quvchilar ro'yxatini guruh bo'yicha ko'chiramiz, eski faylingiz esa arxiv bo'lib sizda qoladi. Ko'chirishni o'zimiz qilamiz — sizdan faqat ro'yxat kerak.