Excel bilan yuritish va WENET

Excel — yomon dastur emas. Faqat u o'quv markazi uchun yaratilmagan: davomat, to'lov va o'qituvchi oyligi bir-biriga bog'lanmaydi. Quyida farq aynan nimada ekani ko'rsatilgan.

Kundalik vazifaExcel / daftarWENET
Bugungi davomatO'qituvchi daftarga yozadi, kechqurun kimdir Excelga ko'chiradiO'qituvchi telefonidan belgilaydi, egasi shu zahoti ko'radi
O'qituvchi oyligiOy oxirida qo'lda hisoblanadi, 2-3 kun ketadiDavomat va to'lovdan avtomatik, o'qituvchi jonli kuzatadi
Kim qarzdorQidirib topiladi, ba'zisi unutiladiAvtomatik hisoblanadi, dashboardda doim ko'rinadi
Ma'lumot yangilanishiFayl kimdadir ochiq bo'lsa, ikkinchisi kuta oladiBir necha kishi bir vaqtda ishlaydi, ekran o'zi yangilanadi
Telefondan ishlashKatta jadval telefonda deyarli o'qilmaydiHar rol uchun telefonga moslangan alohida panel
Kim nimani ko'radiFayl ochilsa hamma narsa ko'rinadiRolga qarab ruxsat — resepshin oylikni ko'rmaydi
Kim o'zgartirdiBilib bo'lmaydiHar amal Audit Log'da: kim, qachon, nimani
Fayl yo'qolsaNusxa bo'lmasa — tugadiKunlik avtomatik zaxira
To'lov chekiQo'lda yoziladi yoki umuman berilmaydiQR kodli chek, ota-ona o'zi tekshira oladi
Oylik hisobotBir necha fayldan qo'lda yig'iladiTayyor: tushum, xarajat, qarzdorlik, o'qituvchi kesimida

Excel faylingiz o'zingizda qolaveradi

Biz hech narsani o'chirmaymiz. O'quvchilar ro'yxatini guruh bo'yicha ko'chiramiz, eski faylingiz esa arxiv bo'lib sizda qoladi. Ko'chirishni o'zimiz qilamiz — sizdan faqat ro'yxat kerak.