IshlamoqdaO'quv markazlari uchun boshqaruv tizimi

O'quv markazingiz bitta ekranda, jonli

Davomat, to'lov, qarzdorlik va o'qituvchi oyligi bir-biriga bog'langan holda hisoblanadi. Siz markazda bo'lmasangiz ham, telefoningizdan hammasini ko'rib turasiz.

Imkoniyatlarni ko'rish

10+

o'quv markazi

2 000+

o'quvchi tizimda

To'lov qabul qilindi

QR chek tayyor

Bugungi tushum

namuna

12 840 000 UZS

+18.4% o'tgan haftaga nisbatan

Yangi to'lov

Ingliz tili — B2

+450 000

Davomat belgilandi

12-guruh, bugun

Oylik yangilandi

Dilnoza Rahimova — foizli

Ko'chirish bepul

Excel yoki daftardagi ro'yxatni guruh bo'yicha o'zimiz kiritamiz.

Kunlik zaxira

Baza har kuni avtomatik zaxiralanadi, har amal Audit Log'da.

Ma'lumot sizniki

Obuna tugasa ham o'chmaydi — faqat ko'rish rejimiga o'tadi.

Telegram orqali yordam

Savolga to'g'ridan-to'g'ri jamoamiz javob beradi, birinchi hafta yoningizdamiz.

Tanish holatmi?

Ko'pchilik markazlar Excel, daftar va Telegram guruhlarida ishlaydi. Muammo dasturda emas — ma'lumotlar bir-biriga bog'lanmagan.

Kim qarzdorligini bilish uchun bir nechta faylni titkilaysiz

Qarzdorlik to'lov va davomatdan avtomatik hisoblanadi

Oy oxirida o'qituvchi oyligini qo'lda hisoblaysiz

Oylik davomat va to'lovga qarab jonli yangilanadi

Markazda bo'lmasangiz, nima bo'layotganini bilmaysiz

Tushum va davomatni telefondan real vaqtda ko'rasiz

Faylni kim o'zgartirgani noma'lum

Har amal kim, qachon qilgani bilan saqlanadi

Kundalik ish uchun kerakli bo'limlar

Har bir modul boshqasi bilan bog'langan: davomat belgilansa — qarzdorlik va oylik o'zi yangilanadi.

Real vaqtli Dashboard

Tushum, qarzdorlik va davomat — jonli, socket orqali avtomatik yangilanadi.

Tezkor davomat

O'qituvchi bir necha soniyada davomat belgilaydi — real vaqtda kuzatiladi va hisobotga avtomatik tushadi.

To'lov va qarzdorlik

Qisman to'lov, refund va qarzdorlik avtomatik hisoblanadi — chek QR orqali tekshiriladi.

Ish haqi avtomatik hisob

Foiz, avans va oldindan olingan pul — barchasi davomat va to'lovga bog'liq holda jonli hisoblanadi.

Ko'p filial boshqaruvi

Bitta hisobdan bir nechta filialni boshqaring, har biri o'z jamoasi bilan alohida ishlaydi.

Ruxsatlar va Audit Log

Har bir amal kim, qachon bajarganini saqlaydi. Hodimga faqat kerakli bo'limlar ko'rinadi.

Qanday boshlanadi

Sotib olishdan oldin markazingiz misolida ko'rsatamiz. Ko'chirish va sozlashda o'zimiz yordam beramiz.

  1. 01Biz

    Demo

    Qo'ng'iroq qilib, markazingiz misolida tizimni jonli ko'rsatamiz (taxminan 20 daqiqa).

  2. 02Siz + biz

    Ro'yxatni ko'chirish

    Guruhlar bo'yicha o'quvchilar ro'yxatini berasiz, biz tizimga kiritamiz.

  3. 03Siz

    Jamoaga rol berish

    O'qituvchi, menejer va resepshinga kirish beriladi — har biri faqat o'z bo'limini ko'radi.

  4. 04Jamoa

    Kundalik ish

    Davomat, to'lov va oylik tizimda yuritiladi. Birinchi hafta savollarga Telegramda javob beramiz.

Har bir rol uchun o'z paneli

Markaz egasi, menejer, resepshin va o'qituvchi — har biri faqat o'ziga kerakli bo'limlarni ko'radi.

Markaz egasi

Barcha filiallar, moliya va hodimlar bir joyda.

  • Tushum, xarajat va qarzdorlik
  • Filiallar kesimida hisobot
  • Audit Log va ruxsatlar

Menejer / Resepshin

O'quvchi, to'lov va guruhlarni kunlik yuritish.

  • To'lov qabul qilish va QR chek
  • O'quvchi qo'shish va ko'chirish
  • Xona va guruh jadvali

O'qituvchi

O'z guruhlari doirasida ishlaydi.

  • Telefondan davomat
  • Baholar va kurs dasturi
  • O'z oyligini jonli ko'rish

Panelni jonli ko'ring

Pastdagi bo'limlarni bosing — real ilova qanday ishlashini shu yerning o'zida his qiling.

Bu oygi tushum

27 495 202 UZS

+18.4%

Yangi to'lov

Ingliz tili — B2

+450 000

Davomat belgilandi

12-guruh, bugun

Demo oldidan beriladigan savollar

Markaz egalari eng ko'p so'raydigan savollar. Qolganlari savollar sahifasida.

Qimmat emasmi?

Bir oyda unutilgan bitta o'quvchi qarzi ko'pincha obuna narxidan ko'p bo'ladi. Bunga oy oxirida oylik hisoblashga ketadigan 2-3 kunni ham qo'shing. Aniq narxni Narxlar sahifasida ko'rishingiz mumkin.

Eski ma'lumotni kim ko'chiradi?

Biz. Siz guruhlar bo'yicha o'quvchilar ro'yxatini (ism, telefon, narx) berasiz. To'lov tarixini ataylab ko'chirmaymiz — eski faylda qaysi raqam to'lov, qaysi biri qarz ekanini aniq ajratib bo'lmaydi va noto'g'ri moliyaviy yozuv tizimda abadiy qoladi. Buning o'rniga har o'quvchi uchun bitta boshlang'ich qoldiq kiritiladi.

Hodimlarim o'rgana olmaydi, deb qo'rqaman

O'qituvchi amalda ikkita narsani ko'radi: davomat va o'z oyligi. Resepshin interfeysi ham ataylab soddalashtirilgan. Bundan tashqari tizim ichida video darsliklar bor va birinchi hafta biz o'zimiz yordam beramiz.

Obunani to'lay olmasam ma'lumotim o'chadimi?

Yo'q. Obuna tugasa markaz faqat ko'rish rejimiga o'tadi: hamma narsani ko'rasiz, lekin yangi yozuv qo'sha olmaysiz. To'lovdan keyin hammasi joyida qoladi.

Sertifikat va chekni tekshirish

QR kodni skanerlang yoki kodni qo'lda kiriting — hujjat asl ekanini bir zumda tasdiqlang.

Sertifikat tekshiruvi

Bitiruv sertifikatidagi QR kod yoki kodni kiriting.

To'lov cheki tekshiruvi

Chekdagi QR kod yoki to'lov ID'sini kiriting.

Markazingiz misolida ko'rib chiqing

Raqamingizni qoldiring — 24 soat ichida bog'lanamiz va tizimni sizning guruhlaringiz misolida ko'rsatamiz.

  • Demo bepul va majburiyatsiz
  • Ro'yxatni ko'chirishni o'zimiz qilamiz
  • Obuna tugasa ham ma'lumot o'chmaydi