O'quv markazingiz bitta ekranda, jonli
Davomat, to'lov, qarzdorlik va o'qituvchi oyligi bir-biriga bog'langan holda hisoblanadi. Siz markazda bo'lmasangiz ham, telefoningizdan hammasini ko'rib turasiz.
10+
o'quv markazi
2 000+
o'quvchi tizimda
To'lov qabul qilindi
QR chek tayyor
Bugungi tushum
namuna12 840 000 UZS
+18.4% o'tgan haftaga nisbatanYangi to'lov
Ingliz tili — B2
Davomat belgilandi
12-guruh, bugun
Oylik yangilandi
Dilnoza Rahimova — foizli
Ko'chirish bepul
Excel yoki daftardagi ro'yxatni guruh bo'yicha o'zimiz kiritamiz.
Kunlik zaxira
Baza har kuni avtomatik zaxiralanadi, har amal Audit Log'da.
Ma'lumot sizniki
Obuna tugasa ham o'chmaydi — faqat ko'rish rejimiga o'tadi.
Telegram orqali yordam
Savolga to'g'ridan-to'g'ri jamoamiz javob beradi, birinchi hafta yoningizdamiz.
Tanish holatmi?
Ko'pchilik markazlar Excel, daftar va Telegram guruhlarida ishlaydi. Muammo dasturda emas — ma'lumotlar bir-biriga bog'lanmagan.
Hozir
WENET bilan
Kim qarzdorligini bilish uchun bir nechta faylni titkilaysiz
Qarzdorlik to'lov va davomatdan avtomatik hisoblanadi
Oy oxirida o'qituvchi oyligini qo'lda hisoblaysiz
Oylik davomat va to'lovga qarab jonli yangilanadi
Markazda bo'lmasangiz, nima bo'layotganini bilmaysiz
Tushum va davomatni telefondan real vaqtda ko'rasiz
Faylni kim o'zgartirgani noma'lum
Har amal kim, qachon qilgani bilan saqlanadi
Kundalik ish uchun kerakli bo'limlar
Har bir modul boshqasi bilan bog'langan: davomat belgilansa — qarzdorlik va oylik o'zi yangilanadi.
Real vaqtli Dashboard
Tushum, qarzdorlik va davomat — jonli, socket orqali avtomatik yangilanadi.
Tezkor davomat
O'qituvchi bir necha soniyada davomat belgilaydi — real vaqtda kuzatiladi va hisobotga avtomatik tushadi.
To'lov va qarzdorlik
Qisman to'lov, refund va qarzdorlik avtomatik hisoblanadi — chek QR orqali tekshiriladi.
Ish haqi avtomatik hisob
Foiz, avans va oldindan olingan pul — barchasi davomat va to'lovga bog'liq holda jonli hisoblanadi.
Ko'p filial boshqaruvi
Bitta hisobdan bir nechta filialni boshqaring, har biri o'z jamoasi bilan alohida ishlaydi.
Ruxsatlar va Audit Log
Har bir amal kim, qachon bajarganini saqlaydi. Hodimga faqat kerakli bo'limlar ko'rinadi.
Qanday boshlanadi
Sotib olishdan oldin markazingiz misolida ko'rsatamiz. Ko'chirish va sozlashda o'zimiz yordam beramiz.
- 01Biz
Demo
Qo'ng'iroq qilib, markazingiz misolida tizimni jonli ko'rsatamiz (taxminan 20 daqiqa).
- 02Siz + biz
Ro'yxatni ko'chirish
Guruhlar bo'yicha o'quvchilar ro'yxatini berasiz, biz tizimga kiritamiz.
- 03Siz
Jamoaga rol berish
O'qituvchi, menejer va resepshinga kirish beriladi — har biri faqat o'z bo'limini ko'radi.
- 04Jamoa
Kundalik ish
Davomat, to'lov va oylik tizimda yuritiladi. Birinchi hafta savollarga Telegramda javob beramiz.
Har bir rol uchun o'z paneli
Markaz egasi, menejer, resepshin va o'qituvchi — har biri faqat o'ziga kerakli bo'limlarni ko'radi.
Markaz egasi
Barcha filiallar, moliya va hodimlar bir joyda.
- Tushum, xarajat va qarzdorlik
- Filiallar kesimida hisobot
- Audit Log va ruxsatlar
Menejer / Resepshin
O'quvchi, to'lov va guruhlarni kunlik yuritish.
- To'lov qabul qilish va QR chek
- O'quvchi qo'shish va ko'chirish
- Xona va guruh jadvali
O'qituvchi
O'z guruhlari doirasida ishlaydi.
- Telefondan davomat
- Baholar va kurs dasturi
- O'z oyligini jonli ko'rish
Panelni jonli ko'ring
Pastdagi bo'limlarni bosing — real ilova qanday ishlashini shu yerning o'zida his qiling.
Bu oygi tushum
27 495 202 UZS
Yangi to'lov
Ingliz tili — B2
Davomat belgilandi
12-guruh, bugun
Demo oldidan beriladigan savollar
Markaz egalari eng ko'p so'raydigan savollar. Qolganlari savollar sahifasida.
Qimmat emasmi?
Bir oyda unutilgan bitta o'quvchi qarzi ko'pincha obuna narxidan ko'p bo'ladi. Bunga oy oxirida oylik hisoblashga ketadigan 2-3 kunni ham qo'shing. Aniq narxni Narxlar sahifasida ko'rishingiz mumkin.
Eski ma'lumotni kim ko'chiradi?
Biz. Siz guruhlar bo'yicha o'quvchilar ro'yxatini (ism, telefon, narx) berasiz. To'lov tarixini ataylab ko'chirmaymiz — eski faylda qaysi raqam to'lov, qaysi biri qarz ekanini aniq ajratib bo'lmaydi va noto'g'ri moliyaviy yozuv tizimda abadiy qoladi. Buning o'rniga har o'quvchi uchun bitta boshlang'ich qoldiq kiritiladi.
Hodimlarim o'rgana olmaydi, deb qo'rqaman
O'qituvchi amalda ikkita narsani ko'radi: davomat va o'z oyligi. Resepshin interfeysi ham ataylab soddalashtirilgan. Bundan tashqari tizim ichida video darsliklar bor va birinchi hafta biz o'zimiz yordam beramiz.
Obunani to'lay olmasam ma'lumotim o'chadimi?
Yo'q. Obuna tugasa markaz faqat ko'rish rejimiga o'tadi: hamma narsani ko'rasiz, lekin yangi yozuv qo'sha olmaysiz. To'lovdan keyin hammasi joyida qoladi.
Sertifikat va chekni tekshirish
QR kodni skanerlang yoki kodni qo'lda kiriting — hujjat asl ekanini bir zumda tasdiqlang.
Markazingiz misolida ko'rib chiqing
Raqamingizni qoldiring — 24 soat ichida bog'lanamiz va tizimni sizning guruhlaringiz misolida ko'rsatamiz.
- Demo bepul va majburiyatsiz
- Ro'yxatni ko'chirishni o'zimiz qilamiz
- Obuna tugasa ham ma'lumot o'chmaydi